28 Iyul 2021 1431

Bobonov JCH finali uchun revansh oldi!

Dzyudochimiz Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida bronza medali uchun kurashni davom ettirmoqda. Hamyurtimiz o‘tish bosqichida ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilidan JCH finalining revanshini oldi.

Bellashuv juda hayajonli va murosasiz o‘tdi. Bahsning 11-daqiqasi boshlangan vaqtda Bobonovning vazari bahosi uni bronza medali uchun bellashish bosqichiga olib chiqdi. Unda hamyurtimizga Turkiya va Germaniya vakillari o‘rtasidagi bellashuv mag‘lubi raqiblik qiladi. Olg‘a, Yangi O‘zbekiston!

Text to speech