28 Iyul 2021 1997

Davlat Bobonovdan yana bir g‘alaba

Dzyudochimiz Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida galdagi g‘alabasini tantana qildi.

Ikkinchi davrada vakilimiz ukrainalik Kejau Nxabaliga qarshi tatamiga ko‘tarildi. Bellashuv davomida ukrainalik dzyudochi taʼqiqlangan harakat bilan hujumga o‘tgani uchun unga texnik mag‘lubiyat yozildi va Bobonov muddatidan avval g‘alaba qozondi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun gruziyalik Lasha Bekauri bilan hisob-kitob qiladi.

Text to speech