28 Iyul 2021 1878

Mirazizbek Mirzahalilov irlandiyalik bokschi bilan murosasiz jang qildi

Bokschimiz, amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida o‘zining ilk bahsini o‘tkazdi. Hamyurtimiz dastlabki jangida irlandiyalik raqibiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Kurt Uolker bilan kechgan murosasiz jangda bokschimiz faol va aniq harakat qilgan bo‘lsa ham, yakuniy qaror tushunarsiz bo‘ldi. Hakamlarning 4 nafari Uolkerning g‘alabasini eʼtirof etdi va Mirzahalilov Olimpiya o‘yinlarini erta tark etdi.

Text to speech