28 Iyul 2021 1366

Matniyazova niderlandiyalik raqibasiga qarshi tatamiga chiqdi

Dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova (-70 kg) Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida o‘zining ikkinchi bellashuvini o‘tkazdi. Unga ushbu bosqichda amaldagi jahon chempionati sovrindori raqiblik qildi.

Matniyazova unda ushbu vaznning birinchi saralangan vakili niderlandiyalik Sanne van Diyke bilan bahs olib bordi. Afsuski, bellashuv hamyurtimizning mag‘lubiyati bilan yakunlandi va u yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. Endi ushbu dzyudochimiz aralash jamoaviy yo‘nalishda ishtirok etadi.

Foto: Anvar Ilyasov

Text to speech