24 Sentyabr 2025 736

Suzuvchilarimiz Toshkentda Osiyo chempionatiga tayyorlanishmoqda

28-sentyabr – 10-oktyabr kunlari Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etadigan suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda soʻnggi tayyorgarlikni olib bormoqda.

Rejaga koʻra, jamoa 26-sentyabr kuni Hindistonga yoʻl oladi. Qitʼa birinchiligida Ilya Sibirsev, Roman Berkovich, Abdulaziz Abdumajidov va Anastasiya Zelinskaya yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Text to speech