28 Iyul 2021
1817
Kunni ajoyib g‘alaba bilan boshladik
Hamyurtlarimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining 5-kun bellashuvlarini boshlashdi. Unda dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova ishonchli g‘alabaga erishdi.
-70 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilamiz chadlik Demos Memnuloumga qarshi tatamiga chiqib, o‘z g‘alabasini tantana qildi. Ikkinchi davrada Gulnozani ancha jiddiy raqib kutib turibdi. Unda Matniyazova niderlandiyalik Sanne van Diykega qarshi bahs olib boradi.