16 Sentyabr 2025
939
Umidjon Jalolov jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Zagreb shahrida (Xorvatiya) tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida ikkinchi medaliga sazovor boʻldi. Bugun bahs olib borgan yurtdoshlarimizdan Umidjon Jalolov (-65 kg) bronza medaliga ega chiqdi. Hamyurtimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda neytral maqomda kurashgan rossiyalik Ibragim Ibragimovdan ustun keldi.
