27 Iyul 2021 1930

Suzuvchimiz startini yakunladi

O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolarining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida bugungi kun dasturidan o‘rin olgan chiqishlari tugadi. Suzuvchimiz Xurshidjon Tursunov bugungi bahslarni yakunlab berdi.

100 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan Tursunov 50.14 soniya natija qayd etdi. Bu yarim finalga yo‘l olish uchun yetarli bo‘lmadi va navoiylik sportchimiz shu bilan Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sport turida yurtimiz sharafini himoya qiladigan boshqa bir atletimiz Natalya Kritinina 30 iyul kuni 50 metrga erkin usulda suzish dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi.

Text to speech