27 Iyul 2021 2115

Yaponiya va O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyalari hamkorlik shartnomasini imzolaydilar

27-iyul kuni Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘q otish federatsiyasi raisi Kichiro Matsumaru va O‘zbekiston o‘q otish sport federatsiyasi bosh kotibi Mardonbek Davronov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar mintaqada o‘q otish sportini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Kichiro Matsumaru Yaponiya milliy terma jamoalarni tayyorlash sxemasi, shuningdek, Olimpiya inshootlarini loyihalashtirish va qurish tizimi haqida so‘zlab berdi.

Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti O‘zbekistonda sportni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholadi.

O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi vakili Olimpiya o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha olib borilgan ishlarni yuqori baholadi va Yaponiyani davom etayotgan Olimpiadada qo‘lga kiritilgan 16-medal bilan qutladi.

Tomonlar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, musobaqalar o‘tkazish, mutaxassislar va sport inshootlari qurilishida tajriba almashish maqsadida hamkorlik shartnomasini imzolashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasiga Olimpiya o‘yinlarida omad tiladi.

Text to speech