27 Iyul 2021 1327

Sharofiddin Boltaboyev Olimpiadani kuchli sakkiztalikda yakunladi

Sharofiddin Boltaboyev Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida yakkalik dasturidagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz o‘tish bosqichida gruzin polvoni bilan kuch sinashdi.

Bellashuv davomida Tato Grigalashvilining amalga oshirgan vazari bahosi bahs yakunigacha yagona eʼtiborli vaziyat bo‘lib qoldi va vakilimiz Olimpiadani kuchli sakkizlikda yakunladi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi musobaqada ishtirok etayotgan qolgan atletlarimizga omad tilab qoladi.

Text to speech