27 Iyul 2021 1406

Sharofiddin Boltaboyev chorak finalda!

-81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan polvonimiz Sharofiddin Boltaboyevning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabali yurishi davom etadi.

Vakilimiz ikkinchi davrani ancha tajribali bo‘lgan bolgariylik Ivaylo Ivanovga qarshi o‘tkazdi. Murosasiz bellashuvda Boltaboyev g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda unga 2019 yilgi jahon chempioni, avstriyalik Shamil Borchashvili raqiblik qiladi.

Text to speech