27 Iyul 2021 1071

Sharofiddin Boltaboyevdan chiroyli ippon

Dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi debyutini ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Vakilimiz unda vanuatulik dzyudochini mag‘lub etdi.

Xugo Kumboga qarshi bahsda Boltaboyev o‘z g‘alabasini tantana qilishi uchun sanoqli soniyalar kifoya qildi xolos. Endi u keyingi bosqichni bolgariyalik Ivaylo Ivanov va argentinalik Emmanuel Lusiyentiga o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi o‘tkazadi. Bo‘lajak bahslarda ham vakilimizga ana shunday chiroyli g‘alabalar tilab qolamiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech