27 Iyul 2021 1347

Svetlana Osipova qozog‘istonlik raqibasiga qarshi bahs olib bordi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida taekvondo bahslariga ham start berildi. Dastlabki bellashuvlarning birida hamyurtimiz Svetlana Osipova ishtirok etdi.

Vakilamiz ilk bellashuvini qozog‘istonlik Janzel Denizga qarshi o‘tkazdi. Murosasiz bellashuv 9:9 hisobida yakunlanayotgan bir paytda so‘nggi soniyada hamyurtimiz qo‘l zarbasini o‘tkazib yubordi va mag‘lub bo‘ldi. Endi u qozog‘istonlik raqibasi finalga yetib borgan taqdirda bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

Text to speech