27 Iyul 2021 1498

Tokio-2020: Farangiz Hojiyeva vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib ishtirokni boshladi

Bir oz avval Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida navbatdagi kun bellashuvlariga start berildi. Unda hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib dzyudochimiz Farangiz Hojiyeva ishtirok etdi.

-63 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilamiz dastlabki bahsda Kabo-Verde vakilasi Sandrin Billetga qarshi o‘tkazib, og‘riqli usulga tushib qoldi va bugun medallar uchun kurashni erta tark etdi. Taʼkidlash joiz, oldinda Sandrin Billetni o‘ta jiddiy raqib kutib turibdi. Keyingi davrada u 5 karra jahon chempioni fransiyalik Klariss Agbenyenuga qarshi tatamiga chiqadi.

Text to speech