26 Iyul 2021 1619

Fanat Qahramonov gruzin bokschisini mag‘lub etdi

Tokio-2020 doirasida bokschimiz Fanat Qahramonov Olimpiadadagi debyut jangini o‘tkazdi.

Hamyurtimiz unda gruziyalik Giorgi Xarabadzega qarshi ringga ko‘tarildi. Butun bahs davomida o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan ajralib turgan Fanat yaqqol ustunlik bilan g‘alabaga sazovor bo‘ldi. -75 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan vakilimiz keyingi davrani qozog‘istonlik Amankul Abilxanga qarshi o‘tkazadi. Quyida uning ushbu jangidan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Text to speech