26 Iyul 2021 1448

Nikita Rafalovich bronza medali uchun kurashadi

Taekvondochimiz Nikita Rafalovich (-80 kg) Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini davom ettiradi. Hamyurtimiz kechki dasturda bronza medali uchun kurash olib boradigan bo‘ldi.

Yarim final bahsida u iordaniyalik Solih Elsharabatiga qarshi jang qilib, qo‘shimcha daqiqada imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Vakilimizning uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsdagi raqibi keyinroq maʼlum bo‘ladi. Nikita Rafalovichga bo‘lgusi bellashuvda omad tilab qolamiz.

Text to speech