FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Iyul 2021 4045

Chavandozlarimiz Gran-pri yo‘nalishida eng yaxshi bo‘lishdi

Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Maxima stables” ot sporti klubida konkur bo‘yicha Yevrosiyo chempionatida kuchlilar saralandi.

Musobaqaning asosiy dasturi hisoblanmish Gran-pri yo‘nalishi hamyurtlarimiz uchun omadli keldi. 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish bo‘yicha kechgan bahsda hamyurtlarimiz oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lishdi. Bu borada Umid Komilov eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa, Nurjan Tuyakbayev ikkinchi bo‘ldi.

Shuningdek, “Kolorado” tulporida ishtirok etgan Tuyakbayev 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan o‘tish dasturida ikkinchi bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan Bahromjon Gaziyev kuchli beshlikni yakunlab berdi. Shuningdek yoshlar o‘rtasida kechgan 115 smli to‘siqlarda Bobur Valijonov ham beshinchi natijani qayd etdi.

Text to speech