25 Iyul 2021 2003

Hammasi uchun rahmat, Oksana!

Albatta, bu satrlarni yozish juda qiyin. Ammo tirik afsona, O'zbek sportining faxri Oksana Chusovitina katta sportni tark etgan kun keldi.

Bir necha daqiqa oldin "Ariake Gymnastics" arenasida Chusovitina o'z faoliyatida so'nggi sakrashni amalga oshirdi. U finalga chiqa olmasa-da, u abadiy g'alaba qozondi.

Sakkizinchi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etgan va Ginnes rekordlar kitobiga kirgan Oksana Chusovitinaning chiqishi 14.166 ball bilan baholandi. Afsuski, bu finalga chiqish uchun yetarli emas edi va sportchi o'z muxlislari, murabbiylar va hamkasblarining qarsaklari ostida katta sportni tark etdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi, "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni, "Do'stlik", "Mehnat shuhrati" va "El-yurt hurmati" ordenlari sohibi Oksana Chusovitinaga ko'p yillik mehnatlari uchun minnatdorlik bildirib, kelajakda murabbiy sifatida sport, xususan, gimnastika rivojiga ko'maklashishiga ishonadi. Hammasi uchun rahmat, Oksana!

Text to speech