25 Iyul 2021 1700

Elnur Abduraimov mo‘g‘ilistonlik raqibini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Bokschimiz Elnur Abduraimov Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokini boshladi. Hamyurtimiz hozirgina mo‘g‘ilistonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Dastlabki raundda amaldagi Osiyo chempioni Chinzorig Batarsux ustunlikka erishdi. Qolgan raundda Abduraimov o‘z mahoratini ko‘rsata oldi va yakunda kichik farq bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa vakilimiz yaqinda BAAda o‘tgan Osiyo chempionatidagi final uchun munosib revansh olish bilan birga, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.

Text to speech