25 Iyul 2021 1929

Endi taekvondochilarimiz orasida ham Olimpiada sovrindori bo‘ladi

Ulug‘bek Rashitov taekvondochlarimiz orasida birinchi bo‘lib Olimpiya o‘yinlarining medalini qo‘lga kiritadigan sportchi bo‘lib tarixga kirmoqda.

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida -68 kg vazn toifasida jang qilayotgan hamyurtimiz biroz avval yarim final bosqichini ham muvaffaqiyatli o‘tkazib, oltin medal uchun jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Sportchimiz bu yo‘lda Bosniya va Gersegovina vakili Nedzad Xushichni 28:5 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining kamida kumush medalini naqd qildi va finalda Buyuk Britaniya – Xitoy vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan chempionlik masalasini hal qiladi.

Bo‘lajak bellashuvda ham Rashitovga omad va zafarlar tilab qolamiz. Yangi O‘zbekistonga yangi g‘alabalar muborak bo‘lsin!

Text to speech