5 Iyul 2025 208

4 nafar bokschimiz final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi

Astana shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha Jahon kubogi hal qiluvchi bosqichga kirmoqda. Ortda qolgan kun Sabina Boboqulova va Navbahor Hamidova chorak, Oltinoy Sotimboyeva yarim final jangini oʻtkazishdi. Ular orasida Hamidova gʻalaba qozonib, bugun final yoʻllanmasi uchun bahs olib boradigan boʻldi. Sotimboyeva esa bronza medali bilan taqdirlandi.

-51 kg: Sabina Boboqulova — Pihla Kaivo-Oja (Filippin) 0:5
-65 kg: Navbahor Hamidova — Beatriz Oliveyra (Braziliya) 5:0
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Yeldana Talipova (Qozogʻiston) 2:3

Bugungi kun dasturidan toʻliq yarim final bahslari oʻrin olgan boʻlib, unda 4 nafar yurtdoshimiz hal qiluvchi bosqich yoʻllanmasi uchun bellashadi. Juftliklar:

-54 kg: Feruza Kazakova - Sakshi (Hindiston)
-80 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Eseta Flint (Avstraliya)
-65 kg: Navbahor Hamidova - Morelle Makkeyn (AQSh)
-75 kg: Aziza Zokirova - Sunniva Hofstad (Norvegiya)

Text to speech