25 Iyul 2021 1495

Ulug‘bek Rashitov yarim finalda!

Taekvondo olamini hayratga solayotgan vakilimiz Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Biroz avval u yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Mali va Janubiy Koreya vakillarini ortda qoldirgan Rashitov chorak finalda eronlik Mirhoshim Hossaynidan 34:22 hisobida ustun kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi vakilimiz final uchun Bosniya va Gersegovina vakili Nedzad Xushichga qarshi dayanga chiqadi.

Text to speech