4 Iyul 2025 163

Ogʻir atletikachilarimiz katta tarkibda Osiyo chempionatida ishtirok etishadi

Bugun Qozogʻistonning Astana shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start oldi. 10-iyulga qadar davom etadigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Mamlakat ogʻir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, mazkur qit’a birinchiligida 32 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi. Dasturga koʻra, yurtdoshlarimiz ertadan bahslarga kirishishadi.

Text to speech