4 Iyul 2025
217
Xotira abadiy: Bugun Mirabror Usmonov tavallud topgan kun
Bugun yurtimiz sport sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, fidoyi rahbar va mohir funksioner, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat futbol federatsiyasining sobiq raisi Mirabror Usmonov tavallud topgan kun.
Mirabror Zufarovich bugun 78 yoshni qarshi olar edi. U kishining yurtimiz sportiga, ayniqsa, Olimpiya harakatiga qo‘shgan hissasi, yosh avlod tarbiyasi va xalqaro sport maydonlaridagi O‘zbekiston nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi mehnatlari doimo ehtirom bilan yodga olinadi.
Xotira mangu va abadiy!