25 Iyul 2021 1341

Olga Zabelinskaya guruh poygasidagi ishtirokini boshladi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari doirasida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya ham o‘z ishtirokini boshladi. Velosportchimiz shossening guruh poygasi dasturida 137 km masofani bosib o‘tadi.

Bellashuv oldidan MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov hamyurtimizga omad tilash maqsadida start nuqtasida bo‘ldi. Unda MOQ rahbari Xalqaro velosipedchilar ittifoqi prezidenti David Lappartyen bilan ham uchrashib, mamlakatimizda ushbu sport turi targ‘iboti borasida bir qator istiqbolli masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Text to speech