MOQ rahbariyati Turin politexnika universitetida IT va innovatsion startaplar bilan tanishdi
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati IT va innovatsion texnologiyalar sohasidagi yangi startap-loyihalar bilan tanishish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.
Bunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov va Universitet rahbariyati sohadagi izlanishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tashrif doirasida rasmiylar universitetda faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlar bilan suhbatlashib, ularning yaratilayotgan loyihalari, kelgusidagi rejalari va innovatsion gʻoyalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, sport sohasini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida yoshlar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar yuzasidan ham fikr almashildi.