27 Iyun 2025 289

Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya harakatini targʻib qilishda koʻp yillardan buyon faollik koʻrsatayotgan soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni MOQ raisi birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov ochib berdi. Otabek Muhammadaliyevich barcha OAV xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga yangi ijodiy zafarlar, sihat-salomatlik va omad tiladi.

Tadbir doirasida soha fidoyilariga Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi. Jurnalistlar va ijodkorlar koʻrsatilgan eʼtibor va eʼtirofdan katta mamnuniyat bildirishdi.

Text to speech