25 Iyul 2021 1511

Ulug‘bek Rashitov 3 karra jahon chempionini mag‘lub etdi!

Yosh taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov biroz avval Tokio-2020 Olimpiadasidagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Chorak final uchun bellashuvda hamyurtimiz koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqdi.

Dastlabki raundda imkoniyatni boy bergan Rashitov 2 va 3-raundlarda ustunlik qildi. Asosiy vaqt 19:19 hisobida yakunlandi. Bahs taqidirini hal qilgan “Oltin zarba”da vakilimiz 2 ochko qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi.

Hamyurtimizga Olimpiada medali yo‘lida bundan ham chiroyli g‘alabalarni tilab qolamiz!

Text to speech