25 Iyul 2021 2303

Hamyurtlarimizning uzoq kutilgan g‘alabasiga Ulug‘bek Rashitov mualliflik qildi

Biroz avval taekvondo bo‘yicha navbatdagi bellashuvlarga ham start berildi. Unda hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) hamyurtlarimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi uzoq kutilgan g‘alabasiga mualliflik qildi.

Dastlabki saralash bosqichida hamyurtimizga malilik Seydu Mofana raqiblik qildi. Murosasiz kechgan jangda vakilimiz 38:17 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. Bo‘lajak bahsda ham yurtdoshimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech