24 Iyul 2021 1664

Gimnastikachimiz Rasuljon Abdurahimovning ishtiroki yakunlandi

Sport gimnastikasi bo‘yicha ishtirok etgan vakilimiz Rasuljon Abdurahimov ham Tokio-2020 doirasida ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz ko‘pkurash bahslarida saralash bosqichida ishtirok etdi.

Abdurahimov o‘zining sevimli parallel to‘sinda mashq qilish yo‘nalishida muvaffaqiyatliroq ishtirok etdi. Unda Abdurahimov 14.733 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu final yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lmadi. Yakunda 79.064 ochko jamg‘argan gimnastikachimiz musobaqani 49-natija bilan tugatdi. Quyida uning turli mashqlar bo‘yicha to‘plagan ochkolarini maʼlum qilamiz:

Tayanib sakrash: 13.833
Parallel to‘sin: 14.733
Turnik: 13.033
Erkin mashq: 12.566
Sport oti: 12.166
Halqa: 12.733
Jami: 79.064

Text to speech