14 Iyun 2025 315

Xalqaro turnirda qatnashgan yosh bokschilarimizning barchasi oltin medal qo‘lga kiritishdi

Xabar berganimizdek, 10-14-iyun kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahri, IX xalqaro "Qirg‘iziston gavhari" sport o‘yinlariga mezbonlik qildi. Ushbu turnirning boks bahslarida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etdilar. Ahamiyatlisi, musobaqada qatnashgan 7 nafar bokschimizning barchasi yakunda oltin medallarga ega chiqdilar.

G‘oliblarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-42 kg: Abduvoris Rahimjonov
-44 kg: Kamronbek Bahodirov
-46 kg: Javlonbek Mahamadisoqov
-54 kg: Asadbek Esonboyev
-60 kg: Ibrohim Shokirjonov
-80 kg: Jahongir To‘ychiboyev
+80 kg: Asadbek Sultonboyev

Text to speech