24 Iyul 2021 1522

Yosh polvonlarimiz jahon chempionatida 5 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Ayni kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan yosh polvonlarimiz hozircha 5 ta medal qo‘lga kiritishdi.

Erkin kurash bo‘yicha -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kamronbek Qadamov barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. -51 kgda kurashgan Nodirbek Jumanazarov esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yana bir erkin kurashchimiz Umidjon Iskandarov (-45 kg), qizlarimiz Elmeken Esenbayeva (-61 kg) va Xurshida Kasimova (-65 kg) bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Hozirda yunon-kurashchilarimiz medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Text to speech