24 Iyul 2021 2780

Tanzila Norboyevani tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari Tanzila Norboyeva o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Tanzila Kamalovna Norboyeva 1956-yil 24-iyul kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1981-yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan. 1995-2010-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2010-2016-yillarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, 2019-yil Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senat Raisi lavozimiga saylangunga qadar (2016-2019-yillar) O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. Tanzila Kamalovna ushbu qo‘mitadagi faoliyati davomida yurtimizda ayollar sportini rivojlantirish borasida samarali rahbarlik qilgan. Bu borada qator loyiha va dasturlar amalga oshirilgan.

Tanzila Norboyeva 2011-yildan O‘zbekiston velosiped sporti federatsisiga rahbarlik qilib, ushbu sport turining yurtimizda yana-da taraqqiy etishiga o‘zarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Bunday mehnatni Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi (AСС) ham eʼtirof etib, Tanzila Norboyevani 2019-yil “Velosiped sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” faxriy unvoni bilan taqdirladi.

Shuningdek, Tanzila Kamalovna Davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tanzila Norboyevani bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, uzoq umr, mustahkam sog‘lik va kuch-g‘ayrat tilab qoladi.

Text to speech