8 Iyun 2025 466

Bokschilarimiz “Eindhoven cup” turniring final yoʻllanmalari uchun jang qilishadi

Niderlandiyada boks boʻyicha “Eindhoven cup” turniri oʻtkazilmoqda. Bugun musobaqada yarim final janglari tashkil etiladi.

Ahamiyatlisi, turnirda qatnashayotgan 3 nafar Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolarining barchasi ushbu bosqichga yetib kelgan. Bugun hamyurtlarimiz final yoʻllanmasi uchun quyidagi raqiblarga qarshi jang qilishadi:

-60 kg: Abdumalik Xalokov — Mahmud Al Chabtun (Niderlandiya)
-70 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Nabi Isgandarov (Ozarbayjon)
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev — Toʻgambay Sagindik (Qozogʻiston)

Text to speech