Mintaqaviy seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi
“Raqamli kommunikatsiyalar hamda ijtimoiy tarmoqlar V mintaqaviy seminari” oʻz yakuniga yetdi. Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida ishtirokchilarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi qatnashib, seminar ishtirokchilarini tadbirni muvaffaqiyatli tugatgani bilan qutladi va mutaxassislarning kelgusi faoliyatida omad tiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu seminarda Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi, Osiyo Olimpiya kengashi, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi va 15 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalarining media yoʻnalishi vakillari ishtirok etishdi.
Oʻquv jarayonida nufuzli xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoq bilan ishlashda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashishdi.