24 Iyul 2021 1439

Malika Hakimova hamda Shahnoza Yunusovaning bahsi yakunlandi

Tokio-2020 Olimpiadasi doirasida bokschimiz Shahnoza Yunusova hamda qilichbozimiz Malika Hakimovaning bellashuvi o‘z poyoniga yetdi.

Shpaga qurolida jang olib borgan Malika Hakimova xitoylik Yiven Sunga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bellashuvda xitoylik qilichboz 15:10 hisobida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, bokschimiz Shahnoza Yunusovaga polshalik Karolina Kosevska raqiblik qildi. Yosh vakilamiz tajribali bokschiga qarshi munosib jang qildi. Biroq yakunda polshalik bokschi g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Text to speech