28 May 2025 2382

Shaxsiy rekordini yangilagan Jonbibi Hukmova Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi

Koreya Respublikasining Gumi shahrida oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir medalga sazovor boʻldi. Bugun ayollar oʻrtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi.

Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamyurtimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi boʻlib marraga yetib keldi. Qayd etish joiz, bu bilan Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.

400 metr, Osiyo chempionati
1. Nakano Matsumoto (Yaponiya) – 52.17
2. Rupal Rupal (Hindiston) – 52.68
3. Jonbibi Hukmova (Oʻzbekiston) – 52.79

Text to speech