26 May 2025 2049

MOQ rahbariyati oʻzbek futboli fidoyisi Avaz Azizxoʻjayevga Qoʻmitaning esdalik medalini topshirdi

Oʻzbek futboli rivojiga ulkan hissa qoʻshgan mutaxassis, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti maslahatchisi Avaz Azizxoʻjayev 75 yoshni qarshi oldi. Bugun OʻFAda yubiley ayyomni qarshi olgan A.Azizxoʻjayevni qutlash uchun koʻplab mutaxassislar jam boʻlishdi.

Shu jumladan, Sport vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov va Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov ham OʻFAga tashrif buyurib, hayotining katta qismini futbolimiz istiqboliga baxshida etgan Avaz Azizxoʻjayevni yubiley ayyom bilan muborakbod etishdi.

Adham Ikramov Avaz Abbasovichga “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonini, Otabek Umarov esa MOQning esdalik medalini topshirdilar.

Text to speech