26 May 2025
366
Taekvondo boʻyicha mintaqaviy bahslar oʻtkazilmoqda
Respublikamiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari davom etmoqda. Bugun Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 2-son sport maktabida taekvondo WT boʻyicha mintaqaviy bellashuvlar tashkil etildi. Unda Yashnobod, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Mirobod tumanlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.