Kun dayjesti:
Dzyudochilarimiz yoshlar toifasida ham birinchi boʻlishdi
Toshkentda dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi yakunlandi. Oʻsmirlar toifasida boʻlgani kabi U20 terma jamoamiz ham bellashuvlarda munosib ishtirok etib, 9 ta oltin, 9 ta kumush va 14 ta bronza medallariga sazovor boʻlgancha umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.
Muhammad Jalud IWF Prezidenti etib qayta saylandi
Saudiya Arabistonida Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining (IWF) hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkilotning amaldagi rahbari Muhammad Jalud yana bir bor IWF Prezidenti etib saylandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining oʻrinbosari, mamlakat ogʻir atletika federatsiya raisining birinchi oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov IWF Ijroqoʻm a’zosi boʻldi.
Futbolchilarimiz jahon chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi
Joriy yilning noyabr oyida Qatarda oʻtadigan futbol boʻyicha U17 jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Osiyo qit’asidan chempion sifatida qatnashadigan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Paragvay, Irlandiya va Panama jamoalari bilan “J” guruhidan oʻrin oldi.
Samarqand triatlon boʻyicha Jahon kubogi bosqichini qabul qildi
Samarqand shahrida triatlon boʻyicha Jahon kubogi bosqichi tashkil etildi. Dunyoning 35 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ham yuqori natijalarni qayd etishdi.