25 May 2025 1047

Jahon chempionatida kurashadigan dzyudochilarimiz tarkibi ma’lum

13-20-iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha yakkalik va aralash jamoaviy dasturdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. 83 mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashadi. Xalqaro dzyudo federatsiyasiga koʻra, boʻlajak dunyo birinchiligida hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda medallar uchun kurash borishadi:

Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafqatova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-78 kg: Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Text to speech