24 May 2025
850
Sport targʻibotida faol boʻlgan maktablar e’tirof etildi
Bugun Respublikamiz yoshlarini sportga jalb etishda namuna koʻrsatgan umumta’lim maktablarida jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilarni taqdirlash tadbirlari oʻtkazildi. Mazkur jarayonlarda Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi mas’ullari ham ishtirok etishdi.
Mutasaddilar taqdirlash marosimida maktab direktorlariga Vazirlik va Qoʻmita rahbariyati nomidan hududlarda oʻquvchi yoshlarni sportga keng jalb etishda koʻrsatgan faolliklari uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnomalarni topshirishdi. Yuqori natija qayd etgan yoshlar koʻkrak nishonlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.