23 May 2025 879

Toshkentda karate WKF boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi

Bugun poytaxtimizda karate WKF boʻyicha XXI Osiyo chempionatiga start berildi. Biroz avval mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Osiyo karate federatsiyasi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat karate assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, mazkur qitʼa birinchiligida parasportchilar ham qitʼa chempionligi uchun bahs olib borishmoqda. Tadbirda soʻz olgan rasmiylar yurtimizda karate yoshlarning sevimli sport turlaridan biriga aylanib borayotgani, terma jamoa vakillaridan oldinda turgan kompleks musobaqalarda yuqori natijalar kutilayotgani xususida toʻxtalishdi.

Marosimdan soʻng birinchi kun dasturidan oʻrin olgan hal qiluvchi bellashuvlarga start berildi. Murosasiz bellashuvlarda terma jamoamiz aʼzolari yuqori natijalar qayd etishmoqda.

Text to speech