MOQ rahbariyati “Talabalar festivali”da yuzlab yoshlar bilan uchrashdi
Shu kunlarda yurtimiz boʻylab mahoratli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Talabalar festivali” oʻtkazilmoqda. Bugun mazkur tadbir doirasida iqtidorli yoshlar bilan motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
“Zakovat arena”da oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati va 400 nafardan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan suhbatda rasmiylar mamlakatimizda yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun har tomonlama yaratib berilayotgan sharoitlar va keng imkoniyatlar xususida toʻxtalib oʻtishdi. Oʻz oʻrnida, talabalarning bugungi muammo va kamchiliklari, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi.