O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 64 yoshda!
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 64 yoshni qarshi olmoqda.
Shavkat Miromonovich 1957-yil 24-iyul kuni Jizzax viloyatida tavallud topgan. U kishining sportni ich-ichidan tushunishlari, jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini faol qo‘llab-quvvatlashlari natijasida sportchilarimiz ham xalqaro maydonda yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishmoqda. Yangilanayotgan O‘zbekistonda har bir sport turida o‘zbek maktabini yaratish sport jamoatchiligi oldida turgan asosiy vazifalardan biri. Bu esa mamlakatimiz aholisining sog‘lom turmush darajasi yanada o‘sishida juda muhimdir.
Bugundan atletlarimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilishga kirishadilar. Ta’kidlash joiz, sportchilarimizning Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi yurtboshimiz tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib borildi. O‘z navbatida, sportchilarimiz bunga javoban yurtimizga shoda-shoda medallar bilan qaytib kelishiga ishonamiz.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Respublika sport faxriylari kengashi, murabbiylar, sportchilar va katta sport jamoatchiligi, Olimpiya harakati ishtirokchilari barcha-barcha yaratilgan sharoitlar, keng ko‘lamdagi islohotlar uchun Prezidentimizga minnatdorchilik izhor qilib, bugungi tavallud ayyomida yurtboshimizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.