22 May 2025
902
“Humo arena”da stol tennisi boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkaziladi
28-31-may kunlari Toshkent stol tennisi boʻyicha “WTT Youth contender” tasnifidagi xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi. Mazkur turnirda 16 mamlakatdan 300 nafardan ortiq yosh stol tennischi gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Bellashuvlar muhtasham “Humo arena” majmuasida oʻtkaziladi. Dasturga koʻra, sportchilar U11, U13, U15, U17 va U19 yosh toifalarida ishtirok etishadi. Mazkur turnirda qatnashadigan yosh atletlarimiz hozirda soʻnggi mashgʻulotlarini oʻtkazishmoqda.