“Alpomish va Barchinoy” xalqaro turnirida gʻoliblar aniqlandi
Toshkentda kamondan otish boʻyicha 8 mamlakatdan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirokidagi “Alpomish va Barchinoy” III xalqaro musobaqasi yakunlandi.
Dasturga koʻra, bugun musobaqaning final bellashuvlari va taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Mazkur jarayonda Milliy gvardiya qoʻmondonligi, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimi davomida rasmiylar sportchilarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, bu kabi musobaqalar ushbu sport turini mamlakatimizda ommalashtirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi va atletlarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad tilashdi.
Musobaqada terma jamoamiz vakillari yuqori natijalari bilan ajralib turishdi. Yakunda hamyurtlarimiz 4 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor boʻldilar.















