17 May 2025 1212

Poytaxtimizda kamondan otish boʻyicha xalqaro musobaqa boshlandi

Toshkentda yana bir xalqaro musobaqa start oldi. 17-19-may kunlari poytaxtimiz kamondan otish boʻyicha III “Alpomish va Barchinoy” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qiladi.

Bu yilgi turnirda 8 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib boradi. Musobaqa Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilmoqda.

Text to speech