17 May 2025 1791

Bokschilarimiz Jahon kubogida birinchi oʻrinni egallashdi

Polshada boks boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Bugun oʻtkazilgan final janglarining barchasida yigitlarimiz gʻalaba qozonib, 6 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi. Yettinchi finalchimiz Xumorabonu Mamajonova esa kumush medali bilan taqdirlandi. Gʻolib va sovrindorlar:

 Oltin medal:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
+90 kg: Jahongir Zokirov

 Kumush medal:
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova

 Bronza medal:
-60 kg: Samandar Olimov
-70 kg: Gʻofurjon Tohirov

Yakunda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

Taqqoslash uchun, jamoamizning Braziliyada oʻtgan dastlabki bosqichda jamgʻargan oltin medallari 5 tani tashkil etgan edi.

Text to speech