16 May 2025
1192
O‘zbekistonda taekvondo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻtkaziladi
Bu musobaqada Dakar-2026 yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalar oʻynaladi. Mazkur qarorni Butunjahon taekvondo federatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda e’lon qildi.
Yigʻilishda 2027-yilga qadar bo‘lgan yirik musobaqalarga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar aniqlab olindi. Toshkent bu borada Xitoyning Chunsin shahri bilan raqobatlashgan.
Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti Chungvon Choi barcha mezbonlar qatori mamlakatimizni ham qutlab, musobaqa yuqori saviyada oʻtkazilishiga ishonch bildirdi.


